Neyming
Brend nomi — bu mijozlar bilan birinchi aloqa. U to'g'ri bo'lsa, qolgan hamma narsa osonlashadi.
Neyming — bu faqat chiroyli jarang emas
Yaxshi nom brendning mohiyatini yetkazadi, mijozlar ongida mustahkam o'rnashib oladi va biznesingizning bozordagi o'rnini belgilaydi.
Biz neymingni shunchaki ijodiy jarayon deb emas, balki brend strategiyasining ajralmas qismi deb bilamiz.

Neyming yaratish jarayoni
4 bosqichda brendingiz uchun ideal nomni topamiz.
Tadqiqot
Biznesingiz, bozor va raqobatchilarni chuqur tahlil qilamiz.
G'oyalar to'plash
Yuzlab nom variantlarini yaratamiz va eng kuchlilarin tanlaymiz.
Tekshirish
Nomning 6 tilda talaffuzi, ma'nosi va patentga tayyorligini tekshiramiz.
Topshirish
Eng yaxshi 3-5 ta nom variantini taqdimot sifatida yetkazamiz.
Yaxshi nom uchta sinovdan o'tishi kerak
Biz har bir nomni quyidagi mezonlar bo'yicha tekshiramiz.
Tillar bo'yicha
O'zbek, rus, ingliz va boshqa tillarda noto'g'ri ma'no bermaydi.
Patent bo'yicha
Hukumat reestri va raqobatchilar bazasida bunday nom yo'q.
Brend bo'yicha
Esda qoladi, talaffuz oson va brendingizga mos keladi.